Konferensiyasi haqida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 Qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan “2024-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18 yanvar kungi 16-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 29-30-mart kunlari Farg‘ona politexnika institutida “Jadidlarning ilmiy-pedagogik merosi: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazishdan maqsad:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” nomli beshinchi ustivor yo‘nalishi 73-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ushbu anjuman doirasida buyuk ajdodlarimiz, jumladan XX asr jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti, ijodi, taraqqiyparvar g‘oyalari bilan bog‘liq ilmiy masalalar muhokama etiladi. Bu borada Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu g‘oya va dasturlariga har jihatdan uyg‘un va hamohangdir”.
To'plam-2
Konferensiya mavzulari:
Ilmiy-amaliy anjumanda qatnashishga horijlik olimlar, respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim hamda izlanuvchilarni taklif etiladi. Anjuman materiallari to‘plam shaklida nashr etiladi. Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy maqola va tezislari 2024-yil 20-martga qadar qabul qilinadi.
Ilmiy-amaliy anjuman maqolalariga qo‘yiladigan talablar:
Talablar:
-Maqola, tezislar yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
-Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm xoshiyaga ega bo‘lishi hamda Microsoft Word matn redaktori, shrift 14, Times New Roman shrifti, 14 o‘lchamda, interval 1,5 intervalda va 5-15 betgacha bo‘lishi lozim;
-Maqolada muallif(lar) familiyasi, ismi va sharifi hamda davlati, ish joyi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni va lavozimi ko‘rsatiladi. Shuningdek, qisqacha annotasiyasi va kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida), undan so‘ng maqolaning asosiy matni beriladi. Matndagi havolalar (ssilka) kvadrat qavsda adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan tartibda qayd qilinishi lozim. Masalan: [3, 72-b.];
- Tashkiliy qo‘mita tomonidan tahrirdan o‘tmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi va anjuman talabiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
-Anjuman o‘zbek, rus, ingliz tillarida, offlayn hamda onlayn(ZOOM ilovasi orqali)olib boriladi.
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjuman materiallari tahrir qilingan holda, elektron variantda qabul qilinadi. Maqolalar yoki tezislarda keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi uchun mualliflar mas’uldirlar. Anjuman ishi doirasida tahrirdan o‘tgan maqolalar Scopus va РИНЦ ma’lumotlar bazalarida ro‘yxatga olingan xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda o‘rnatilgan tartibda chop etish rejalashtirilgan.
Konferensiya a'zolari
| Tashkiliy qo‘mita: | Ma'lumotlar |
|---|---|
|
Tashkiliy qo‘mita raisi: |
O‘.R.Salomov, t.f.d., FarPI |
|
Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosarlari
|
Ergashev S., t.f.d.prof., FarPI, Toxirov M.Q., PhD, FarPI, |
|
Anjuman kotibi:
|
Kamilov A. – t.f.n., FarPI, |
|
Dasturiy qo‘mita a’zolari:
|
- Azamat Ziyo, Toshkent, O‘zbekiston – rais; - Xusanov Baxtiyor, Toshkent, O‘zbekiston; - Sulaymonov Maqsudjon, Farg‘ona, O‘zbekiston ; - Shamsuddinov Rustambek, Andijon, O‘zbekiston ; - Radjabov Qahramon Toshkent, O‘zbekiston; - Usmanov Baxriddin, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Sharafuddinov Abdug‘affor, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Ergashev Sirojiddin Fayazovich, Farg‘ona, O‘zbekiston ; - Alimova Nargiza, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Rasulov Abdullajon, Namangan, O‘zbekiston; - Qozoqov Tohirjon, Namangan, O‘zbekiston; - Davronov Azimjon, Toshkent, O‘zbekiston; - Tuxtarov Ismatullo, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Yusupov A’zamjon, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Xonqulov Shavkatjon, Farg‘ona, O‘zbekiston; |
|
Dasturiy qo‘mita raisi: |
O‘.R.Salomov, t.f.d., FarPI |
|
Dasturiy qo‘mita raisi o‘rinbosarlari
|
Ergashev S., t.f.d.prof., FarPI, Toxirov M.Q., PhD, FarPI, |
|
Anjuman kotibi:
|
Kamilov A. – t.f.n., FarPI, |
|
Dasturiy qo‘mita a’zolari:
|
- Azamat Ziyo, Toshkent, O‘zbekiston – rais; - Xusanov Baxtiyor, Toshkent, O‘zbekiston; - Sulaymonov Maqsudjon, Farg‘ona, O‘zbekiston ; - Shamsuddinov Rustambek, Andijon, O‘zbekiston ; - Radjabov Qahramon Toshkent, O‘zbekiston; - Usmanov Baxriddin, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Sharafuddinov Abdug‘affor, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Ergashev Sirojiddin Fayazovich, Farg‘ona, O‘zbekiston ; - Alimova Nargiza, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Rasulov Abdullajon, Namangan, O‘zbekiston; - Qozoqov Tohirjon, Namangan, O‘zbekiston; - Davronov Azimjon, Toshkent, O‘zbekiston; - Tuxtarov Ismatullo, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Yusupov A’zamjon, Farg‘ona, O‘zbekiston; - Xonqulov Shavkatjon, Farg‘ona, O‘zbekiston; |
Biz bilan bog'laning
Farg'ona politexnika instituti
Institut manzili: Farg‘ona, 150100, Farg‘ona ko‘chasi, 86, Farg‘ona politexnika instituti (FarPI).
ferpi_info@edu.uz
tojiboyev1991@gmail.com
humoyunbsn@gmail.com
